Piter Xyuistra: "Hamma jamoa ham siz o‘ylagandek kuchsiz emas"

  • 17 oktabr, 2021, 09:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 22-turidan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra "Qizilqum" bilan bahs to‘g‘risida fikrlarini bildirdi.

Tecno

- O‘yinni parvozli start bilan boshladik. Goldan keyin himoyada xatoga yo‘l qo‘ydik. Himoyadagi sustkashligimiz tufayli "Qizilqum" ko‘p bor hujumga o‘tdi. Ularda 3-4 ta yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Tanaffusda birinchi bo‘limni tahlil qildik va ikkinchi taymda bunday kamchiliklar uchramadi.

Biz milliy terma jamoaga 5  o‘yinchini yubordik, ulardan 3 nafari jarohat bilan ortga qaytdi. Shu sababli asosiy tarkibda ba’zi pozitsion o‘zgarishlarga qo‘l urdik. "Qizilqum"ga 4 ta gol urish oson ish emas.

Daraja borasida boshqa jamoalar va "Paxtakor" o‘rtasidagi farq juda katta, deb o‘ylamayman. Barcha jamoalar yaxshi darajada. Bu yil biz o‘yinlarni qiynalib yutganimiz, ko‘pida kichik hisobda g‘alaba qozonganimiz bundan darak berib turibdi. Har bir o‘yinda kurash kechyapti, hamma jamoa ham siz o‘ylagandek kuchsiz emas. "Nasaf"ni ko‘rib turibsiz, OFK Kubogida qanday o‘ynayotganini. "Qizilqum" ham oxirgi 5-6 turda zo‘r futbol namoyish etyapti. Bundan tashqari, AGMK ham OChLda yaxshi o‘ynadi. Chempionat darajasini past baholamanglar. Kurashlarga boy mavsum o‘tayotgani yosh o‘yinchilarimiz uchun foydali. Hali OChLda bu qo‘l keladi.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!