Pirlo Evropaning mashhur jamoalaridan birini boshqarishi kutilmoqda

  • 27 dekabr, 2021, 16:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Andrea Pirlo faoliyatini Portugaliya grandida davom ettirishi mumkin.

Tecno

42 yoshli italiyalik mutaxassisni "Benfika" o‘z safiga chorlamoqda.  Calciomercato tarqatgan xabarga qaraganda, Pirloni shaxsan lissabonliklar prezidenti Ruy Koshta jamoaga taklif qilmoqda.

Aytish kerakki, Pirlo va Koshta o‘z vaqtida "Milan" safida birga faoliyat yuritgan.

Hozirda "Benfika"ni Jorje Jezush boshqarmoqda. Unga "Flamengo" klubidan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" Pirloni joriy yilning 28 may kuni iste’foga chiqargan edi. Shundan buyon u ishsiz hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!