
Pirlo A Seriya klubini boshqarishni xohlamadi
Turinning "Yuventus" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrea Pirlo “Salernitana”dan bo‘lgan taklifni rad etdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, A Seriya debyutanti Pirloni bugun ishdan bo‘shatilgan Stefano Kolantuono o‘rniga tayinlamoqchi bo‘lgan, biroq taklif rad etilgan. Qayd etilishicha, Pirlo boshqa jamoalardan ham takliflar kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Salernitana» 23 o‘yinda 13 ochko jamg‘arib, A Seriya turnir jadvalida so‘nggi, 20-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar