Pike Messini Kings Ligaga taklif qilmoqchi ekanligini aytdi
Kings Liga prezidenti va "Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike Lionel Messini musobaqaga jalb etish niyati borligini ma’lum qildi.
— Neymar, Zlatan, Ronaldino, Aguero, Totti, Del Pero, Azar... Leo Messi ham Kings Ligada bo‘ladimi?
"Biz an’anaviy futbol dunyosidagi barcha buyuk afsonalarni jalb etishga harakat qilyapmiz. A Messi — ularning eng buyugidir. Hozircha u faol futbolchi, "Inter Mayami"da o‘ynayapti. Lekin u karerasini yakunlagandan keyin, ehtimol, uni taklif qilish imkoni paydo bo‘lar", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.



Fikrlar