PFL nega jim?

  • 5 fevral, 2020, 11:55
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Sport" telekanalining telegramdagi sahifasida Superliga yangi mavsumiga qachon qur’a tashlanishi e’lon qilindi.

Tecno

Unga ko‘ra 2020 yil 8 fevral kuni Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha Superliga-2020 mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. “Sport” teleradiokanali jarayonni jonli efirda namoyish etadi.

"Sport" TV e’lon qildi. Ammo negadir PFL jim. Ushbu tashkilot hali ham o‘zining musobaqasi haqida rasmiy ma’lumot bermadi. Superligaga qur’a tashlash marosimiga oz qolganiga qaramay qoidalar, reglament va boshqalar borasida rasmiy saytda hech narsa yo‘q. Yoki yana doimgidek, "yangilik" bo‘lib qolishi mumkinmikin?!

Bir necha kun avval PFL saytida 2020 yilgi O‘zbekiston Chempionati va Kubogi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlangani ma’lum qilindi xolos. 

Ha aytgancha, PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida musobaqalarni o‘tkazish reglamentining Superliga uchun atalgan bo‘limida 1997 yil va undan keyin tug‘ilgan ikki nafar futbolchini o‘yin qaydnomasiga kiritish va ulardan birini minimum 45 daqiqa o‘ynatish bandi 2020 yilgi reglamentda o‘z kuchini yo‘qotgani borasida yozib qoldirgandi. Ammo bu tashkilotning rasmiy ijtimoiy tarmog‘i emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Anvar Hurramov
05/02/2020 16:06
Бизда Б У Н Ё Д К О Р стадиони бор. М И Л Л И Й стадион буганку. Агар Шохани куёви футболга кизикганда бунёдкор булар эди. Араб шахзодаларига ва хабибга канча пул кетганини яна беш йилдан сунг хабар берилади.