"Persepolis" - "Fulad": Yusupov o‘ynamaydi, O‘runov esa asosiy tarkibga qaytishi mumkin!
Bugun Eron Pro-ligasi 3-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Turning markaziy o‘yinlaridan birida "Persepolis" - "Fulad" bilan bahs olib boradi.
Ushbu bellashuvda mehmonlar safida harakat qilayotgan legionerimiz O‘tkir Yusupov maydonga tusha olmaydi. U "CAFA Nations Cup" finalida jarohat olib maydonni tark etgan edi. Bundan tashqari, Ali Nematida ham jarohat bor.
Tehron klubi tarkibida o‘ynayotgan Oston O‘runov esa bugun asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda. Bir necha Eron nashrlari bugun O‘runovning ilk daqiqalardan harakat qilishi haqida yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Persepolis" - "Fulad" o‘yini 20:30da start oladi.
Eronda mashmasha: "CAFA finalida "Istiqlol" futbolchilari Oston O‘runovni sindirishga o‘ynadi(mi)?



Fikrlar