Pep Gvardiola: "Hali hammasi tugagani yo‘q"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona", "Bavariya" va "Manchester Siti"dagi ish sharoitlari haqida gapirdi.
"Biz so‘ngi bir yil ichida ko‘p narsani o‘zgartirdik. Shunga qaramay, shtab va futbolchilarda g‘ayrat bor. Ularning ko‘zida faqat g‘alaba ishtiyoqini ko‘rish mumkin. "Barselona" va "Bavariya"da muammolar yuzaga kelsa, meni ishdan chetlatishlarini his qilardim. Bu erda esa bunday muammo yuzaga kelmaydi. Xozirgi paytda o‘zimda va futbolchilarimda mavsumni, o‘tgan mavsumdan anchagina yaxshi tarzda o‘tkazish uchun kuch-g‘ayrat sezyapman. Bu mening maqsadim.
O‘tgan mavsumga nisbatan yaxshilanayotganimizni va o‘yindan o‘yinga rivojlanayotganimizni ko‘rib turibman. Ko‘p jihatdan o‘sish menga kuch bag‘ishlaydi, chunki bu erdagi ishim hali yakuniga etgani yo‘q. Shuning uchun ham shu erdaman", - dedi ispaniyalik mutahassis.
Ma’lumot uchun, "shaxarliklar" joriy mavsumda APLning 7-turidan so‘ng13 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog‘onasini band etib turibdi.



Fikrlar