Pedro “Roma”dan alamini oldi

  • 27 sentabr, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Roma”ga sig‘dirmaganidan keyin “Latsio”ga o‘tib ketgan Pedro Rim derbisida “bo‘rilar” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Tecno

- Derbi men uchun muhim ahamiyat kasb etdi. G‘alaba qozonganimizdan baxtiyorman. Birinchi bo‘limda shiddatli o‘ynadik va ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik. “Latsio” va uning muxlislari uchun xursandman. Avval ham, bu jamoa katta oila ekanini aytganman.

Menga bosh murabbiy Sarrining g‘oyalari yoqadi, u biz doim pressing qilishimiz, tezkor o‘yin ko‘rsatishimiz va ko‘proq golli vaziyatlar yaratishimizni talab qiladi.

 “Roma” va “Latsio”da o‘ynab, bu jamoalarning har ikkisiga ham gol urgan futbolchilar juda kamligini yaxshi bilaman. Shuning uchun ham bugungi golim tarixiy ahamiyatga ega, - dedi Pedro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shahzod_andmi
27/09/2021 12:26
Mourni yuziga tarsaki urgandek bo'ldi barakalla Pedro erkaksan