
Pedri: "Tomonlar shartnoma bo‘yicha ishlamoqda"
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jamoa bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
- Mening agentlarim "Barsa" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Menimcha, hammasi yaxshi ketyapti. Holat kutilganidek natija beradi degan umiddaman, - dedi ispaniyalik yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, Pedrining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar