Pedri EChL kubogini "Oltin to‘p"dan ustun qo‘ydi

  • 22 sentabr, 09:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Oltin to‘p" mukofoti haqida fikr bildirdi. 22 yoshli ispaniyalik o‘ttizta nomzod orasiga kirgan bo‘lsa-da, avvalroq xabar qilinganidek, bugun Parijda o‘tkaziladigan marosimga bormaydi.

- "Oltin to‘p"ga kelsak, men "Barselona" bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni ma’qul ko‘rardim. Shaxsiy mukofotlar men uchun hech qachon katta ahamiyatga ega bo‘lmagan. Men uchun jamoamning har bir o‘yinda g‘olib chiqishi va o‘z o‘yini bilan muxlislarni xursand qilishi ancha muhimroq, - dedi Pedri.

Tecno

La Liganing 5-turi doirasida yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar"ga "Xetafe"ni mag‘lub etishga yordam berdi (3:0) va maydonda 76 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!