"Paxtakor"ning "Bunyodkor"ga qarshi o‘yin statistikasi qanday?

  • 29 noyabr, 2024, 22:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada mavsumni "Sherlar" 30 noyabr kuni Toshkent derbisida "Bunyodkor"ga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi.

Tecno

“Bunyodkor” bilan kechadigan derbilar hamisha keskin to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 37 bellashuvning 15 tasida "Sherlar" g‘olib bo‘lishgan. 9 ta bahsda durang va 13 o‘yinda raqib g‘alabasi kuzatilgan. "Paxtakor" 50 to‘p kiritib, 43 gol o‘tkazib yuborgan. Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija 2020 yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan.

"Bunyodkor" maydonida kechgan bellashuvlarda 6 g‘alaba, 3 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etilgan. "Qaldirg‘ochlar" 30 to‘p kiritgan va "Sherlar" 23 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

"Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 30 noyabr, shanba kuni soat 15:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!