"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" o‘rtasidagi eng yirik hisob yodingizdami?

  • 21 iyun, 07:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 13-turida "Paxtakor" Toshkentda "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi.

Tecno

"Qo‘qon-1912"ga qarshi chempionatlarda o‘tgan 34 bahsning 20tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 8 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta vodiy jamoasi g‘alaba qozongan. Qo‘qonliklar darvozasini 90 marta ishg‘ol qilgan "sherlar" 48 gol o‘tkazib yuborgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 15tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, bittadan to‘qnashuv durang va mehmonlar yutug‘i bilan tugagan. 8 bahsda toshkentliklar yirik hisobda zafar quchgan. Uyda 62 to‘p kiritgan "sherlar" o‘z darvozasidan 20 gol olib chiqishgan. O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija 2000 yil kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor"7:1 hisobida g‘alaba qozongan.

"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 22 iyun, yakshanba kuni "Jar" stadionida soat 20:00da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!