"Liverpul" oltita mag‘lubiyatdan so‘ng Slot bo‘yicha qaror qabul qildi
"Liverpul" chorshanba kuni yana muxlislarini qattiq norozi qildi. Arne Slot jamoasi 1/8 finalda o‘z maydonida "Kristal Pelas"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, Liga kubogini tark etdi. Shu tariqa, barcha musobaqalardagi so‘nggi etti o‘yinda "qizillar" oltita mag‘lubiyatga uchrashdi.
"Goal" portalining BBC va bir necha jurnalistlarga tayanib xabar berishicha, "Liverpul" Slot bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Yaqin kelajakda "qizillar" niderlandiyalik futbolchini iste’foga chiqarishi ehtimoli yo‘q.
"Liverpul" rahbarlari Slotga "to‘liq ishonishmoqda" va u vaziyatni o‘nglashiga ishonishmoqda.
Mersisaydliklar navbatdagi uchrashuvni 1 noyabr kuni "Enfild"da "Aston Villa"ga qarshi o‘tkazishadi.



Fikrlar