Bahrayn-2025. Bokschilarimiz ishtirokidagi final janglari yakunlandi!

  • 30 oktabr, 20:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilayotgan III Yoshlar Osiyo o‘yinlarining boks sport turida bugun final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Kunning birinchi dastur janglarida yurtdoshlarimiz - Abdug‘ani Yorqinjonov (oltin medal), Qumriniso Muhammadova (kumush) ishtirok etgan edi. Ikkinchi dastur janglarida yana 6 ta nafar charm qo‘lqop ustamiz ringga ko‘tarildi.

-60 kg vaznda vakilamiz Rushanabonu Isoeva yaponiyalik  Miki Miurani uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi;

Hamyurtimiz Ibrohim Shokirjonov ham Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. Bokschimiz -60 kg vaznda qirg‘izistonlik  Zubair Akramovga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0;

-66 kg da bokschimiz Saidxo‘ja Sadillaxo‘jaev qozog‘istonlik Daniyal Shalkarbayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi - 0:5;

-75 kg vaznda yurtdoshimiz Samira Turg‘unova qozog‘istonlik Kamila Ospanovaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi;

Charm qo‘lqop ustamiz Diyorbek Murodilloev -75 kg vaznda bo‘lib o‘tgan finalda, eronlik  Deyman Sherafatmandni 5:0 hisobida engib, Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi;

Osiyo o‘yinlarining so‘nggi final bahsida, +80 kg vazndagi bokschimiz Asadbek Sultonboev qozog‘istonlik Muhamedali Rustembekga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!