"Paxtakor": Uzoq yillik tanaffusga bugungi o‘yinda barham beriladi

  • 3 iyun, 2023, 10:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" 3 iyun kuni 22 yillik tanaffusdan keyin yana Qoraqalpog‘istonga tashrif buyuradi. O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichini yakunlab beradigan turda "sherlar" Nukusda "Aral" mehmoni bo‘ladi. Oxirgi bor "Paxtakor" 2001 yil Nukusda chempionat doirasida uchrashuvda ishtirok etgan. Uzoq yillik tanaffusga bugungi o‘yinda barham beriladi. "Paxtakor" mazkur bahsda eng kamida durangga erishgan taqdirda guruhdan peshqadam sifatida nimchorak finalga yo‘l oladi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Tecno

Kubokda "sherlar" bir marta Qoraqalpog‘iston vakiliga qarshi o‘ynagan. 1997 yil Nukusda 1:1, Toshkentda 7:3 natijalari qayd etilib, poytaxtliklar musobaqani davom ettirgan. O‘sha yili "Paxtakor" kubok sohibiga aylangan.

"Aral" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bugun Nukusdagi futbol mahorat maktabi stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!