
“Paxtakor” to‘purari O‘runovga kim ustozlik qilishi kerakligini aytdi
“Paxtakor” tarkibida birinchi O‘zbekiston chempionatida chempion va to‘purar bo‘lgan Valeriy Kechinov o‘zining sobiq jamoasi “Spartak” haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- “Spartak” mavsumni yaxshi boshlagan edi. Lekin “Sochi” va “Zenit”ga qarshi o‘yinda avvalgi o‘yinni ko‘rmadik. Klubga nimadir bo‘lyapti. Buni taxmin qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q.
Men doim jamoalarni mahalliy murabbiylar boshqarishi tarafdori bo‘lganman. Agar Stanislav Cherchesov milliy terma jamoani boshqarmaganida “Spartak” bosh murabbiyligiga juda munosib nomzod edi. U jamoa o‘yinini shakllantirib, tartib-intizomni joyiga qo‘yishga usta, - dedi Kechinov.
Ayni paytda “Spartak”ni boshqarayotgan Domeniko Tedesko tez orada Moskvani tark etishi kutilmoqda. Klub ayni paytda bir necha murabbiylar bilan muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqatilyapti.
Fikrlar