
"Paxtakor" super transferni amalga oshirishi mumkin
Yangi mavsumsga Dubayda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Paxtakor" "Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "sherlar" futbolchi borasida "Nasaf" bilan muzokara o‘tkazmoqda. Tomonlar kelishuvga erishsa, tez orada transfer e’lon qilinadi.
Oybek Bozorovning "ajdarlar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 31 dekabrigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchini 500 ming evroga baholamoqda. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda 24ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan hamda 6ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar