"Paxtakor" stadioniga muxlislar tashrifi deyarli 4 baravarga oshdi

  • 11 may, 2019, 17:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi paytlarda "Paxtakor" jamoasining uy o‘yinlariga ishqibozlar tashrifi o‘sishda davom etmoqda.

Tecno

2017 yilgi mavsumdan boshlab muxlislarni stadionga qaytarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar samara berib kelmoqda. Ikki yil ichida bu miqdor 4207 nafardan 16738 nafar ishqibozga etgani e’tiborga molik. O‘sish deyarli to‘rt baravarni tashkil qilgan.

2017 yil butun mavsumda bu miqdor 4207, 2018 yil esa 10893 nafardan iborat bo‘lgan.

"Paxtakor" uy o‘yinlariga o‘rtacha tashrif ushbu mavsum (Chempionlar Ligasi ham qo‘shilgan) 16738 nafar ishqibozni tashkil qilmoqda.

31554834497

2019 yilgi muxlislar tashrifi

Paxtakor - Lokomotiv 17550

Paxtakor - Nasaf 14670

Paxtakor - Dinamo 7846

Paxtakor - Metallurg 3357

Paxtakor - Eyr Fors 15572

Paxtakor - Al Ahli 25250

Paxtakor - Al Sadd 32315

Paxtakor - Persepolis 17350

O‘rtacha 16738

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!