"Paxtakor" Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi qanday natijalar qayd etgan?

  • 18 may, 2019, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Paxtakor" klubi 20 may kuni kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi turida Jiddada Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasina qashi maydonga tushadi.

Tecno

Ushbu jamoaga qarshi 2005 yil Chempionlar Ligasi guruh bosqichida to‘qnash kelingan. Jiddada mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, Toshkentda 20 aprel sanasida o‘tgan uchrashuvda Leonid Koshelev va Anvar Solievning gollari evaziga 2:1 hisobida "Sherlar" g‘alaba qozonishgan. Joriy mavsum Toshkentda Marat Bikmaevning yagona goli toshkentliklarga g‘alaba keltirgan.

"Paxtakor" Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida 24 bahsda maydonga tushgan. Ularda 4 g‘alaba, 5 durang va 15 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 17 bor ishg‘ol qilinib, 48 marta to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Al Ahli - 2:1, 0:3, 1:0
Al Ittifoq - 2:1, 1:0, 0:2
Al Ittihod - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
Al Nasr - 2:2, 0:4
Al Hilol - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 0:4
Al Shabab - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!