
"Paxtakor" safida OChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida "Navbahor" vakili peshqadam
Bugun "Paxtakor" OChL 1-tur doirasida "Al Ayn" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. "Bunyodkor" stadionida start oladigan bahs oldidan "Paxtakor" klubi matbuot xizmati jamoaning Chempionlar Ligasida eng ko‘p o‘ynagan futbolchilari ro‘yxatini taqdim etdi.
"Sherlar" safida Ignatiy Nesterov OChL bahslarida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi bo‘lib turibdi.
Nesterov jami 44 bellashuvda ishtirok etgan. Asror Aliqulov 41 bahsda maydonga tushgan bo‘lsa, Stanislav Andreevda 38ta shunday o‘yin mavjud.
"Paxtakor" safida Chempionlar Ligasida 25 va undan ko‘p o‘yinda maydonga tushgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
44 - Ignatiy Nesterov
41 - Asror Aliqulov
38 - Stanislav Andreev
37 - Ilhom Suyunov
35 - Anvar Soliev, Vladimir Kozak
34 - Temur Kapadze
33 - Vladislav Kiryan
32 - Server Jeparov, Igor Sergeev
31 - Sherzod Karimov, Zayniddin Tojiev
29 - Leonid Koshelev, Egor Krimets
27 - Jaloliddin Masharipov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev
26 - Kamoliddin Tojiev, Aleksandr Geynrix
25 - Odil Ahmedov.
Ma’lumot o‘rnida, "Paxtakor" safida OChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Ignatiy Nesterov ayni paytda "Navbahor" safida to‘p tepmoqda.
Fikrlar