
"Paxtakor" FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
"Paxtakor" FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mazkur bahs 8 sentyabr kuni “Paxtakor” Markaziy stadionida “Olimpik”ka qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "sherlar" jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor"dan milliy terma jamoaning AQShdagi yig‘inida Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, Dilshod Saitov, Shahzod Azmiddinov, Odil Hamrobekov, Aziz Turg‘unboev ishtirok etadi.
Fikrlar