
"Paxtakor" bugun Latviya chempioni bilan o‘ynaydi
"Paxtakor" bugun BAA yig‘ini doirasida uchinchi nazorat o‘yinida Latviyaning "Riga" jamoasi bilan bellashadi.
"Riga" va "Paxtakor" o‘rtasidagi nazorat bahsi Dubaydagi "Jebel Ali" majmuasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, "sherlar" avvalroq Rossiyaning ikki klubi "Zenit" va "Spartak"ka mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar