
Parades PSJga yoqmadi, u yana "Zenit"ga qaytishi mumkin
PSJ klubi rahbariyati o‘tgan qishki transferlar davrida 40 mln evro evaziga “Zenit”dan sotib olingan yarim himoyachi Leandro Paredesning ko‘rsatgan o‘yinlaridan norozi bo‘lmoqda.
Le Parisien nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Paredes yana Rossiyaga qaytishi mumkin. Aniqrog‘i, 24 yoshli argentinalik futbolchini piterliklar yana o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Parades 2017 yildan 2018 yilning yanvarigacha “Zenit”da to‘p surgan va 43ta o‘yinda ishtirok etib, 7ta gol urishga erishgan.
Fikrlar