
Para velosportchilarimiz ilk xalqaro musobaqaga yo‘l oldi
Joriy yilning 25-29 mart kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida para velosport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Bugun para velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Dushanbega yo‘l oldi. Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqa yurtimizda yangi rivojlanayotgan istiqbolli sport turlaridan biri hisoblangan para velosport uchun vakillarimiz ishtirok etadigan ilk xalqaro musobaqa hisoblanadi.
Quyida Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan vakillarimiz ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
Sportchilar
Azimbek Abdullaev
G‘olibbek Mirzaerov
Aziz Otaxo‘jaev
Saidjabbor Dadaxonov
Baxodir Odinaev
Xaitmuxammadov Buned
Artikov Abror
Aziza Qosimova
Odina Hamdamova
Trenerlar
Dilmurod Siddiqov
Renata Baymetova
Dinislom Chirchikov
Fikrlar