Para suzuvchilarimiz Jahon chempionatini 3 ta medal bilan yakunlashdi

  • 21 iyun, 2022, 22:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Portugaliyaning Madeyra shahri mezbonlik qilgan para suzish bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi kuni ham hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Tecno

Aniqrog‘i, erkaklar o‘rtasida S13 klassida 50 metr masofaga erkin usulda suzish bahsida Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari sovrindori Islam Aslanov 24.38 soniya natija bilan marraga 3-bo‘lib etib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, bu uning ushbu musobaqadagi ikkinchi bronza medali bo‘ldi. Islam bundan avval 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha ham bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Shu tariqa para suzuvchilarimiz dunyoning 62 ta davlatidan eng kuchli sportchilar ishtirok etgan ushbu Jahon chempionatida 2 ta bronza va 1 ta kumush, jami 3 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kumush medalni 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida Muzaffar Tursuxo‘jaev delegatsiyamiz hisobiga yozdirib qo‘ygan edi.

Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari ertaga 22 iyun kuni yurtimizga qaytib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!