
Para engil atletika: Tunis Gran-Prisining dastlabki kunida 2 ta medal qo‘lga kiritildi
Tunisda para engil atletika bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini beruvchi xalqaro Gran-Pri musobaqasi boshlandi.
Dastlabki kungi bahslarda ikki nafar hamyurtimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida T46/47 klassida balandlikka sakrash bahslarida Omad Hasanov 1,88 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. F35/36 klassida yadro uloqtirish bahslarida esa Husniddin Norbekov 15,49 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash kerakki, F36 (nogironlik turi nisbatan engilroq) klassida ishtirok etuvchi sportchilar bilan birga bahslarda qatnashganiga qaramay, yuqori natijani qayd etgani, hamyurtimizning o‘z klassida tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi.
Para atletlarimizning musobaqadagi ishtiroki davom etmoqda.
Fikrlar