Para atletikachilarimiz katta shodiyona bilan kutib olindi (fotoreportaj)
Xabaringiz bor 7-15 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri Para atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Dunyoning 122 ta davlatidan 1400 nafar sportchi qatnashgan ushbu musobaqada O‘zbekiston Para atletika delegatsiyasi har qachongidan ham muvaffaqiyatliroq ishtirok etdi. Vakillarimiz sayyoramizning etakchi para atletlariga qarshi munosib kurash olib borishdi va 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida kuchli o‘nlikdan joy olishdi.
Quvonarlisi, Dubaydagi jahon chempionati kelasi yil Tokioda bo‘ladigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar berishi bilan ham muhim edi. Yuqorida medallarga sazovor bo‘lgan 8 nafar sportchimiz Tokio-2020 da ishtirok etish huquqini beruvchi muhim litsenziyalarni ham qo‘lga kiritdi.
Bugun qahramon sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida rahbariyat, OAV xodimlari, ota-onalar, muxlislar va keng jamoatchilik vakillari katta shodiyona bilan kutib olishdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Tokio Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar 100 mln so‘m, terma jamoa murabbiylari esa 50 mln so‘mdan mukofot pullari bilan taqdirlanishdi.
Quyida qahramonlarimizni kutib olish marosimidan fotoreportajni tomosha qilishingiz mumkin:



























Fikrlar