Palmer "Barselona" bilan o‘ynamaydi(mi)?
"Chelsi" etakchilaridan biri Koul Palmer jarohat sabab bo‘lajak uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Britaniya OAVlari bergan xabarlarga ko‘ra, angliyalik futbolchi "Barselona"ga qarshi uchrashuvgacha jarohatdan forig‘ bo‘lib safga qaytishi kutilgan edi. Biroq futbolchi o‘z uyidagi ko‘ngilsiz voqea sabab oyoq barmog‘ini sindirib olgan .
Ushbu holatga jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska quyidagicha fikr bildirdi.
"Palmer ertangi o‘yinda aniq maydonga tusha olmaydi. "Barselona"ga qarshi ham o‘ynamaydi. "Arsenal" bilan o‘yinga esa, uni safga qaytishidan umid qilamiz", - dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar