O‘zilning transferi barbod bo‘ldi

  • 29 dekabr, 2020, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” bir necha kunlik muzokaralardan so‘ng “Arsenal” pleymeykeri Mesut O‘zilni transfer qilish fikridan qaytdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, avvaliga germaniyalik yarim himoyachini mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi bo‘lgan turinliklar O‘zilning maoshligi balandligi uchun uni olmaydigan bo‘ldi.

O‘zil “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan kelisha olmay qolgani tufayli 2020 yilning mart oyidan beri maydonga tushmayapti. Uning klub bilan shartnomasi yozda tugaydi. Arteta O‘zilni premer-liga qaydnomasidan chiqarib tashlagani ortidan jamoada mojaro kelib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!