O‘zil turk klubiga tekinga o‘tmoqchi

  • 25 dekabr, 2020, 10:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 32 yoshli germaniyalik futbolchi "Fenerbaxche" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. U turk klubi uning yiliga 8 million evro maosh olmoqchiligi borasidagi talabini ham bajarishga tayyor.

O‘zil “Fenerbaxche”ga yanvardayoq ko‘chib o‘tishi mumkin. Ammo u yozda, ya’ni “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida o‘tmoqchi.

Mesut O‘zil “Arsenal” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Ammo u 2020 yilning mart oyidan buyon maydonga tushmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!