
O‘zbekistonning eng kuchli K-1 ustalari Toshkentda jang qiladi
Toshkent shahrida K-1 bo‘yicha “Toshkent Open” turniri o‘tkaziladi. Mazkur turnir 22-24 yanvar kunlari o‘tkazilishi, 22-23 yanvar kunlari havaskorlar o‘rtasida, 24 yanvar kuni professional janglar tashkil etilishi borasida ham xabar bergan edik.
Mazkur turnirning bosh tashkilochilaridan biri Toshkent shahar K-1 federatsiyasi rahbari Hojiakbar Hakimovning saytimizga ma’lum qilishicha, 10 dan ortiq professional janglar o‘tkaziladi. Markaziy jangda esa yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan K-1 ustasi Sher Mamazulunov ringga ko‘tariladi. Shuningdek, ikkinchi markaziy jang yana bir mashhur vakilimiz Bobur Tagiev ishtirokida bo‘ladi.
Tez orada ularning raqiblari haqida ham ma’lumot beramiz. Qolaversa, ushbu jang kechasida o‘ziga xos syurprizlar bo‘lishi ham mumkin. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar