O‘zbekistonlik taniqli jangchi Bekzod Nurmatov vafot etdi

CHERY AUTO

Ko‘plab yakkakurash sport turlari bo‘yicha o‘zining ajoyib janglari bilan shuhrat qozonib kelayotgan vakilimiz Bekzod Nurmatov bugun vafot etdi. Bu haqida Nurmatovning muxlislari uning intagram sahifasidagi izohlarda ma’lum qilishmoqda. Sportchimiz 4 oktyabr kuni Chechenistonda o‘tgan ASA 100 turnirida ishtirok etgan. 

Tecno

Jangda rossiyalik Beslan Isaevga qarshi jangda ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan Nurmatov bahsdan so‘ng o‘zini yomon his qilgan va shifoxonaga olib borilgan. Afsuski, shifokorlarning urinishlari besamar yakunlanib, sportchimiz miyyaga qon quyilishi natijasida hayotgan ko‘z yumdi. 

Muxlislar orasida "Tank" nomi bilan mashhur bo‘lgan Bekzod Nurmatov jangovor sambo, qo‘l jangi kabi sport turlari bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindori edi. Sportchimizning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib qolamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!