
O‘zbekistonlik mutaxassis Ozarbayjon boks terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi
Ozarbayjonning erkaklar boks terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Jamoa o‘tgan yildan buyon Ozarbayjon boks federatsiyasida texnik direktor lavozimida ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik Ravshan Xo‘jaevga ishonib topshirildi.
44 yoshli yangi murabbiy boks ustasi hisoblanadi. Faoliyatini 1998 yilda boshlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston, Osiyo, Jahon va Olimpiya o‘yinlari chempionlarini tarbiyalagan.
2016-2023 yillarda O‘zbekiston boks federatsiyasining Murabbiylar kengashida ishlagan. "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan. 2016 yilda u xalqaro mukofot laureati bo‘lgan. Nazariya, metodologiya va sport fanlari bo‘yicha professor ilmiy darajasiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Xo‘jaev ushbu lavozimda shartnomasi muddati tugagan kubalik Pedro Roke o‘rnini egallagan edi.
Fikrlar