
O‘zbekistonlik MMA jangchisi olti yillik tanaffusdan so‘ng yana oktagonga qaytmoqda
MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov 6 yillik tanaffusdan so‘ng, yana oktagonga qaytmoqda. U 7 noyabr kuni Qozog‘istonning NFC promoushenida jang o‘tkazadi. Raqib ham ma’lum. O‘sha kuni yurtdoshimiz mezbonlar vakili Serik Tlekeevga qarshi bahs yuritadi. Shohasan professional yo‘nalishda bitta jang o‘tkazgan va g‘alabaga erishgan edi. Mana uzoq tanaffusdan so‘ng, u yana katta janglarga qaytmoqda.
Biz bu borada uning fikrlari bilan ham qiziqdik.
- 7 noyabr kuni Qozog‘istonda jang qilaman. Undan avval, oktyabr oyining oxirlarida Toshkentda professionallar o‘rtasida turnir bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda. Mana shu musobaqada 84 kg vaznda oktagonga ko‘tarilaman. Katta ehtimol bilan navbatdagi jangim Toshkentda bo‘ladi. Aslida, Rossiyada bir necha marta jang qilganman. Lekin bittasi hisobga olingan. Chunki, Rossiyada mahalliy jangchilar bilan to‘qnash kelgandim. Barchasini hisoblasa, natijam 6-0 bo‘lishi kerak edi. Qozog‘istonda esa, 77 kgda jang qilish bo‘yicha kelishuvga erishganman. Nasib qilsa, yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilaman.
Fikrlar