O‘zbekistonlik MMA jangchilari Qirg‘izistondagi turnirda oktagonga ko‘tariladi

  • 19 dekabr, 2020, 17:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

20 dekabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida MMA bo‘yicha turnir o‘tkaziladi. “Aybat FC” tomonidan tashkil qilinayotgan ushbu jang kechasida bir nechta o‘zbekistonlik jangchilar ham ishtirok etadi.

Tecno

Jumladan, 70 kg vazn toifasida oktagonga ko‘tariladigan Diyor Mutalibov mezbonlar vakili Urmat uulu Talas bilan to‘qnash kelsa, 80 kg vaznda Doston Ismoilov yana bir qirg‘izistonlik Sardor Uraimovga qarshi jang qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Doston Ismoilov o‘zining debyut jangini o‘tkazadi. Raqibi esa bir marotaba oktagonga ko‘tarilib, g‘alaba qozongan. Diyor Mutalibov va uni raqibining hisobida bitta jangdagi g‘alabalar mavjud.

ay1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!