
O‘zbekistonlik kartingchilar Qozog‘istondagi musobaqada ishtirok etishdi
26–27-aprel kunlari O‘zbekistonning Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) litsenziyasiga ega bo‘lgan sportchilar Qozog‘iston Respublikasi karting bo‘yicha xalqaro sinflardagi chempionatining 1-bosqichida ishtirok etishdi. Musobaqalar Sokol International Circiut" avtodromida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston vakillari Mini, OK-J va Rotax Max toifalarida qatnashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
– Yaroslav Xramchixin Mini toifasida 3-o‘rinni egalladi,
– Najniddinov Kamoliddin Rotax Max toifasida uchinchi bo‘lib marraga etib keldi,
– Hamraev Amir esa OK-J toifasida 4-o‘rinni egalladi.
Mazkur bosqich sportchilar uchun xalqaro maydonda tajriba orttirish va o‘zaro tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Fikrlar