O‘zbekistonlik futbolchi “Yuventus” voqealarini tanqid qildi

  • 8 dekabr, 2022, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuchli beshlik chempionatlarida to‘p tepgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi – Ilyos Zeytullaev “Yuventus” jamoasi moliyaviy firibgarliklar ortidan V Seriyaga tushirib yuborilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

15485437_0_0_900_598_600x0_80_0_0_46207b70c3661f7718adb0fb5ff2d1ea

- Vaziyat ancha jiddiy. Sezgan bo‘lsangiz, “Yuventus” rahbariyati to‘liq yangilandi. Taniqli yurist Mattia Grassani adolat o‘rnatish bo‘yicha ish olib bormoqda. Og‘ir vaziyatlar yuzaga kelganida, odatda, unga murojaat qilishadi.

Bu mutaxassis intevryusida vaziyat haqiqatan jiddiy ekanini aytdi. O‘ylashimcha, “Yuventus” bu vaziyatdan chiqib keta oladi, lekin bu ish ancha murakkab bo‘ladi.

Tabiiyki, Turin klubi bilan yana shunday ko‘ngilsizliklar bo‘layotgani bor gap. Bu shunday bo‘lishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda ham bu mavzu ko‘p tanqid qilinyapti. Odamlar darrov tashlanishadi va xato uchun seni parchalab tashlashga ham tayyor turadi.

Afsuski, hamma ham o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa qilmavermaydi. Buni butun bir tarixdan ham ko‘rib olish mumkin. Faqat futbolning o‘zida shunday emas.

“Yuventus” rahbarlari vaziyatni o‘nglashni istagan edi, lekin amalda qilishlari kerak bo‘lmagan ishlarga qo‘l ura boshladi. Evropada sud bu borada hech kimga qarab o‘tirmaydi.

Vaziyat murakkabligini  inobatga olib, bu ish ancha cho‘ziladi, deb o‘ylayman. Har kuni bu masalada yangidan yangi xabarlar chop etilmoqda. Jamoaning o‘zi bor e’tiborini Italiya chempionatiga qaratishi kerak. Bosh murabbiy Massimiliano Allegri – haqiqiy motivator.

O‘ylashimcha, mavsum davomida ularga juda qiyin bo‘ladi, lekin baribir maqsadlariga erishib, kuchli to‘rtlikdan joy olishadi.

Hozir italiyaliklar jahon chempionatini kuzatib bormyapti. Ular futbolni yaxshi ko‘rishadi, oxirgi yangiliklarga e’tibor qaratib, o‘zlariga xulosa chiqarishaji. Odamlar jahon chempionatini tomosha qilishyapti, lekin kimlarning nafsi futbolning bor go‘zalligini to‘sib qo‘ymoqda, - dedi Ilyos Zeytullaev.

Italiya hukumati Turin klubini so‘nggi uch yilda 200 million evro kamomadni yashirganlikda ayblagan va “Yuventus” butun rahbariyatni iste’foga chiqardi. Bu masala ko‘plab mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda.

Ilyos Zeytullaev futbolchilik faoliyatini Italiyada yakunlaganidan keyin shu mamlakatda yashab qolgan. Aslida Ilyos 1982 yilning 13 iyulida Toshkent viloyatida tavallud topgan. Futbol sir-asrorlarini Respublika olimpiya zaxiralari kollejida o‘rgana boshlaganidan keyin Rossiyaning “Sportakademklub”ida shug‘ullangan.

2001 yili iste’dodli futbolchimiz “Yuventus”ga ko‘chib o‘tdi. To‘rt yil Turinda yurgan hujumkor futbolchimiz Italiyaning o‘sha paytdagi eng qudratli klublaridan hisoblangan “Yuventus” tarkibiga kira olmadi.

Keyinchalik “Redjina”, “Krotone”, “Jenoa”, “Vichentsa”, “Verona”, “Peskara”, “Lanchano” va “Torino” safiga qo‘shildi. Xorvatiyaning “Goritsa” klubida ham qisqa muddat to‘p tepib, 2014 yili faoliyatini yakunladi.

Ilyos Zeytullaev 2001-2007 yillari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilinib, jami o‘nta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol etdi.

608033_680_1

Shomurodovni ortga qaytarishmoqchi!

Shomurodov “xatosini” tushunib etdi...

Corriere dello Sport: Mourino Shomurodov “Roma”ga kelishini bilmagan!

"Roma"ni qutqargan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Shomurodovda o‘zini ko‘rsatish uchun yana uchta imkon bor

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!