O‘zbekistonlik futbolchi Rossiya klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 26 sentabr, 2020, 19:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iste’dodli futbolchimiz Bobur Davlatov faoliyatini yana Rossiyada davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tecno

Gap shundaki, u bungacha Rossiya milliy futbol ligasida ishtirok etayotgan “Nefteximik” jamoasi sharafini himoya qilgandi. Karantin tufayli yurtimizga qaytgan futbolchi avgust oyining o‘rtalarida yana Rossiyaga ketdi, chunki uni “Nefteximik”da kutishayotgandi. Boisi, legionerimizning klubi bilan tuzgan shartnomasi tugagandi. Endilikda tomonlar o‘zaro kelishgan holda yangi bitim imzoladilar.

Yaqinda Davlatov “Nefteximik” tarkibida MFLning navbatdagi turida “Tekstilshik”ka qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. O‘sha bellashuvda uning jamoasi 4:0 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, “Nefteximik” jamoasida o‘ynayotgan yana bir hamyurtimiz Vagiz Galiulin o‘sha bahsda to‘liq 90 daqiqa davomida to‘p surdi. Ayni paytda “Nefteximik” musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!