O‘zbekistonlik bokschi Qozog‘iston terma jamoasiga o‘tishi mumkin

  • 3 sentabr, 14:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qozog‘istonlik jurnalistlar Ualixan Kosanbay va Oljas Baybosyn yana bir yangilikni ma’lum qilishdi. Bu haqda "Sports.kz" sayti “Bіrіnshі Bol” You Tube kanaliga tayanib xabar bermoqda.

Tecno

Kosambay va Baybosynning so‘zlariga ko‘ra, tez orada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan bir bokschi Qozog‘iston terma jamoasiga o‘tishi mumkin. Biroq ular bu sportchining ismini hozircha sir saqlamoqda.

Ma’lumot uchun, 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!