
O‘zbekistonga eng katta xavfni tug‘dirishi mumkin bo‘lgan fors!
Sardor Azmun O‘zbekistonga qarshi so‘nggi ikkita bahsni golsiz tark etdi. O‘tgan mavsum "Roma"ning zaxira hujumchisiga aylanib qolgan strayker mazkur mavsumni juda yaxshi kayfiyatda boshlab olgan.
Xabaringiz bor, Azmun BAA'ning "Shabab Al-Ahli" klubiga ko‘chib o‘tgandi. U jamoa tarkibida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishga ulgurdi. Shu bilan birga, 1 ta assistni ham o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Faoliyati davomida oxirgi marta "Zenit" tarkibida bir mavsum 10 ta gol urgan Sardor yana sport formasini tiklab oldi. 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda uga kuchliroq e’tibor qaratish kerak bo‘ladi.
Fikrlar
Ангрендир туғилган жойи,
«Пахтакор»ни эркатойи,
Мухлисларнинг ёқимтойи,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Доим кулиб, олға юрган,
Кареяга голлар урган,
Гол урса хам, ютолмаган,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Ватан учун берарди жон,
Билмадилар хеч бир инсон,
Йиғлаб кетган дилда армон,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Эх, Араблар йиғлаб қолган,
Ракибдан хам олқиш олган,
Мухлис кўз ўнгида қолган,
Гейнрихни соғиндим, Сизчи ?
Юртга қайт, Сашажон укам,
Мухлисларинг сенга малхам,
Устозларга қанот бўлиб,
Элга танит, Ўзбекни хам.
Сардор Азмунда.