O‘zbekistondan mag‘lub bo‘lgan Janubiy Sudan FIFA reytingida nechanchi o‘rinda?

  • 28 yanvar, 2022, 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Janubiy Sudan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Tecno

Eldor Shomurodovning dubli va Jaloliddin Masharipovning penaltidan kiritgan gollari terma jamoamizga 3:0 hisobida g‘alaba keltirdi.

E’tiborlisi, shu kuni biz yirik hisobda taslim qilgan Janubiy Sudan terma jamoasi FIFA reytingida 167-o‘rinni egallab turibdi. Bu Afrika qit’asida 47-o‘rin deganidir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 84-o‘rinda bormoqda. Vakillarimiz Osiyo qit’asida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фахрийор
28/01/2022 14:04
Кучлирок ракиб бн уйнасак яхши буларди. Рейтинги анча паст командаларни маглуб етиб узимизни хурсанд килиб юраверамиз. Майли ютказсак хам кучли ракиб бн уйнайвериш керак заиф нукталаримизни курсатиб беради . Кимга керак хозир бунака галабалар