O‘zbekistonda tug‘ilgan Evropa chempioni haqida bilarmidingiz?

  • 30 iyun, 2024, 16:28
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyo futboli tarixida aslida boshqa yurtda tug‘ilib o‘sib, keyinchalik umuman boshqa terma jamoa sharafini ximoya qilganlar etarlicha topiladi. Aslida, ba’zi futbolchilarning ana shu qarori jaxon darajasidagi yulduzlarni tanitib bergan. Bugun sizlar bilan shunga o‘xshash, ammo keyingi taqdiri undanda qiziqarliroq kechgan charm to‘p ustalari hususida gaplashamiz. 

Tecno

Ayni damda davom etayotgan Evropa chempionati xar kuni qandaydir voqealar bilan esda qolmoqda. Hozir sizga taqdim etmoqchi bo‘lgan ro‘yxatimiz turli davrlarda Evropa chempionligiga erishgan, ammo aslida “ko‘xna qit’a”da tug‘ilmagan futbolchilar xaqida bo‘ladi. 

Jan Tigana (Mali) Frantsiya bilan 1984 yil

Aron Vinter (Surinam) va Jon Van Sxip (Kanada) Niderlandiya bilan 1988 yil

Patrik Vieyra (Senegal), Marsel Desayi (Gana), Lilian Tyuram (Gvadelupa), Kristian Karambyo (Yangi Kaledoniya) Frantsiya bilan 2000 yil

Dimitrios Papadopulos (O‘ZBEKISTON) Gretsiya bilan 2004 yil

Markos Senna (Braziliya) Ispaniya bilan 2008 yil

Pepe (Braziliya), Eder va Danilo Pereyra (ikkalasi Gvinenya-Bisau), Vilyam Karvalyu (Angola) Portugaliya bilan 2016 yil

Jorjino, Emerson va Rafael Toloi (barchasi Braziliya) Italiya bilan 2020 yil

Musobaqa yakunigacha kuzatamiz. Bu ro‘yxatga yana kimdir qo‘shilib qolishi mumkin... 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Хамзаев
30/06/2024 16:52
Дмитриос Пападопулос 1980 йил Жиззах вилояти Мирзачўл тумани Гагарин шахрида туғилган.