O‘zbekistonda 2024 yilning iyul oyida Chery avtomobillari sotuvlarining o‘sishi

  • 6 avgust, 2024, 19:03
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yil iyul oyida Chery tomonidan sotilgan Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro  va Tiggo 8 Pro hamda Tiggo 8 Pro Max avtomobil modellarining soni 655 donani tashkil etib, bu joriy yilning iyun oyiga nisbatan 29,3 foizga ko‘proq, deb xabar ta’kidlaydi Chery`ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi. Bu mahsulotlarning texnologikligi, ishonchliligi va sifatini yuqori baholovchi xaridorlar tomonidan brend avtomobillariga bo‘lgan talabning ortib borayotganidan dalolat beradi.

Tecno

Joriy yilning iyun oyida bo‘lgani kabi, 1,5 litr hajmli va 147 ot kuchi (108 kVt / 5500 ayl/daq) maksimal quvvatli dvigatelga ega bo‘lgan, qulay va texnologik Tiggo 7 Pro shahar krossoveri Chery avtomobillari orasida sotuvlar boyicha etakchilikni saqlab qoldi. Iyul oyida sotilgan Tiggo 7 Pro avtomobillari soni 292 donani tashkil etib, bu Chery tomonidan sotilgan barcha avtomobillar hajmining 45 foizni tashkil etadi. Mazkur model xaridorlarni o‘zining yuqori o‘tuvchanlik qobiliyati, keng saloni, shahar va shahardan tashqari sayohatlar uchun optimal yurish xususiyatlari, shuningdek, ergonomik saloni, turbolashtirilgan dvigateli, zamonaviy xavfsizlik tizimlari va jozibador dizayni bilan o‘ziga jalb qila oldi. Universal SUV bo‘lgan Tiggo 7 Pro – bu muvozanat va funktsionallikni qadrlovchilar uchun ideal tanlovdir.

1,5 litr hajmli dvigatel va 147 ot kuchi (108 kVt / 5500 ayl/daq) maksimal quvvatga ega bo‘lgan, zamonaviy, qulay, dinamik va intellektual Arrizo 6 Pro 284 dona sotilgan avtomobil natijasi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi (jami sotuvlar hajmining 43 foizi). Xaridorlar sedanning ekstererining individual uslubi va turbolashtirilgan dvigateli tufayli erishilgan sportcha xarakteri, intellektual iqlim nazorati natijasidagi salondagi qulay harorat, shuningdek, xavfsizlik tizimlari kompleksi va elektron assistentlarga asoslangan zamonaviy xavfsizlik texnologiyalar kabi afzalliklarini qayd etdilar.

1,6 litr hajmli va 186 ot kuchi (136,5 kVt / 5500 ayl/daq) maksimal quvvatli dvigatelga ega bo‘lgan Chery Tiggo 8 Pro hamda 2,0 litr hajmli va 245 ot kuchi (145 kVt / 5000 ayl/daq) maksimal quvvatli dvigatelga ega bo‘lgan Tiggo 8 Pro Max modellari jami 79 dona birlikda sotilgan bo‘lib, bu jami sotuvlarning 12 foizni tashkil etadi. Ushbu flagman krossoverlar premium toifali intereri, ilg‘or texnologiyalar, a’lo darajadagi boshqaruvchanlik, keng va amaliy saloni, shuningdek, haydovchi va yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulayligi bilan ajralib turadilar.

Hududlar kesimida sotuvlar bo‘yicha etakchilikni Toshkent shahri egallab turibdi – 37,4 foiz. Toshkent shahridan keyin hududlar quyidagicha joylashdilar:

● Buxoro viloyati – 13,1 foiz;

● Qashqadaryo viloyati – 7,8 foiz;

● Samarqand viloyati – 7,2 foiz;

● Navoiy viloyati – 6,3 foiz;

● Xorazm viloyati – 5,5 foiz;

● Namangan viloyati – 5,0 foiz;

● Farg‘ona viloyati – 4,9 foiz;

● Surxondaryo viloyati – 4,4 foiz;

● Andijon viloyati – 3,8 foiz;

● Jizzax viloyati – 3,4 foiz;

● Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1,2 foiz.

Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024 yilning iyul oyida jismoniy shaxslar orasida Chery avtomobillarini xaridorlarning gender tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan: erkaklar – 69,3 foiz, ayollar – 30,7 foiz.
Shu bilan birga, Chery avtomobillarini sotib oluvchilar orasida 30 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarning ulushi 13,9 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 30 yosh va undan katta yoshdagilarning ulushi esa sezilarli darajada yuqori bo‘lgan 86,1 foizni tashkil etdi.

Chery yuqori talabchan avtomobil ixlosmandlarga yo‘naltirilgan yondashuvi bilan raqobatchilaridan ajralib turadi. Ushbu brendning iste’molchilari eng yangi texnologik echimlarni, mustahkam ishonchlilikni va benuqson sifatni qadrlaydilar. Mazkur maqsadli auditoriyaning istaklari, kompaniyaning avtomobil bozorining premium segmentida o‘z pozisiyalarini mustahkamlashga qaratilgan ambitsiyali maqsadlariga mukammal ravishda mosdir.

Chery Uzbekistan`ning rasmiy sahifalari:

Tezkor liniya telefon raqami: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!