
O‘zbekiston – Tailand o‘yiniga qancha bilet sotildi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi nimchorak final bosqichida Tailand termasiga qarshi maydonga tushadi.
"Futbolium" telegram kanalining xabar berishicha, mazkur bellashuv uchun 22 978 ta chipta sotilgan. Shundan bor yo‘g‘i 165tasi hamyurtlarimiz uchun chiqarilgan. O‘yin 40 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan "Al Janub" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Tailand bahs 30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.
Fikrlar