O‘zbekiston va Misr terma jamoalari tarixda ilk bor to‘qnash kelishi mumkin

  • 10 oktabr, 16:32
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr yoki dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro turnirda qatnashishi mumkin. Bu haqda Misrning "Shorouk News" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, musobaqada to‘rtta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda — O‘zbekiston, Eron, Kabo-Verde va Misr. Juftliklar qur’a tashlash orqali aniqlanadi.

Hozircha turnirning aniq sanasi va o‘tkaziladigan stadionlar nomi e’lon qilinmagan. Biroq, mazkur turnir Misr uchun Afrika Millatlar Kubogi oldidan muhim sinov, O‘zbekiston uchun esa Jahon chempionati oldidan yaxshi tayyorgalik imkoniyatini taqdim mumkin.

Ma’lumot uchun, “oq bo‘rilar” 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!