O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogida qanday natijalar qayd etgan?
Joriy yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonida U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Milliy futbol markazida musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
OFKning rasmiy sahifasi Osiyo kubogi arafasida vakillarimizning avvalgi turnirlardagi ishtiroki va erishgan natijalarini eslatib o‘tdi.
Xabarda quyidagi natijalar keltirilgan:
— 2018 yil — chempion
— 2022 yil — kumush medal
— 2024 yil — kumush medal
Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa musobaqada «C» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Eron, Janubiy Koreya va Livan terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.



Fikrlar