
O‘zbekiston terma jamoasiga ikkita gol urgan futbolchini “Real” chaqiryapti
“Tottenxem” yulduzlaridan biri Son Xin Min faoliyatining yangi bosqichini “Real”da o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Madrid klubi 30 yoshli koreyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shilishga chorlamoqda. Bu haqda Sport1 nashri xabar berdi.
Songa “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shaxsan e’tibor qaratdi. Italiyalik mutaxassis bu hujumchining kuchli tomonlarini yaxshi biladi va “Real”ga olib kelin uning yangi qirralarini ocha olishiga ishonmoqda.
Son Xin Minning o‘zi Angliya chempionatida uzoq muddatdan beri yuqori saviyada o‘ynayotgani bois, yanada kuchliroq klublar sharafini himoya qilish vaqti keldi, deb hisoblamoqda.
Ta’kidlash joizki, “Tottenxem”ga “g‘oliblik ruhiyati”ni singdirib, uni chempion jamoaga aylantirishga harakat qilayotgan yana bir mashhur italiyalik murabbiy Antonio Konte ham Janubiy Koreya terma jamoasiga etakchining mahoratini yuqori baholayapti va boshqa klublarga qo‘yib yuborishi oson bo‘lmaydi.
Minning “Tottenxem” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha baholangan. 2015 yili London klubiga kelgunga qadar iqtidorli futbolchi Bundesligada “Gamburg” va “Bayer” klublari sharafini munosib himoya qilgan.
Son Xin Min professional futbolchilik faoliyatida klublar miqyosida jami 539 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 201 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 90 ta golli pas uzatgan.
Osiyoning bugungi kundagi eng mashhur o‘yinchisi Janubiy Koreya terma jamoasi safida 104 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 35 ta gol yozdirib qo‘ygan. Shu gollardan ikkitasini 2015 yilgi Osiyo kubogi chorak finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasiga kiritgan.
O‘sha bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmagan. G‘olibni aniqlash uchun qo‘shib berilgan ekstra-taymlarda Son Xin Min ikkita to‘p kiritib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqan. Terma jamoamiz esa musobaqani tark etgandi.
Agar Son Xin Min "Real" taklifini qabul qiladigan bo‘lsa. madridliklar uning transferi uchun 75 million evro atrofida pul sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Shomurodov o‘rniga Ronaldu!
“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?
O‘zbek legioneridan boshqasini zo‘r, deb bo‘lmaydi!
Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?
Fikrlar