O‘zbekiston terma jamoasidan taklif olgan Lyov eng zo‘r darvozabon nomini aytdi

  • 24 sentabr, 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi rahbariyati germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyovni bosh murabbiylikka chaqirgan edi. Biroq bu mutaxassis taklifni qabul qilmadi.

Tecno

O‘z davrida Germaniya terma jamoasini boshqargan Lyov futbol tarixidagi eng zo‘r darvozabon kim ekanini aytdi.

- Manuel Noyer barcha zamonlarning eng zo‘r darvozaboni bo‘lsa kerak. Noyer bu o‘yin haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirdi va unga yangi qarashlar olib kirdi. U 15 yildan beri mutlaq yuqori darajada o‘ynab keladi.

Bugun uning “Bavariya”dagi faoliyatiga nazar solsak, boshqa barcha o‘yinchilarning sifatlarini  qo‘shib hisoblaganda ham, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va shaxsiy xarakteristikasi bilan ajralib turadi, - dedi Yoaxim Lyov.

39 yoshli Manuel Noyer 2009-2024 yillar davomida Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘lgan. Mahoratli golkiper xalqaro miqyosda 124 ta uchrashuv o‘tkazib, shu uchrashuvlardan 51 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!