O‘zbekiston terma jamoasi Afrika chempioni bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 27 oktabr, 2020, 18:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi 1-9 noyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov mazkur yig‘inga 17 nafar futbolchini jalb etdi. Yig‘in doirasida futzalchilarimiz Marokash vakillariga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuvlar 7-8 noyabr kunlari Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!