O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan MMA musobaqasida qanday natijalar qayd etildi? (batafsil)

CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha poytaxtimizdagi muxtasham “Humo Arena” muz saroyida MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasi janglari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, ularda quyidagi natijalar qayd etildi:

Tecno

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Ahliddin Mirzadavlatov (70,3 kg) ozarbayjonlik Jafar Ismievga qarshi jang olib bordi. Unda o‘zbekistonlik yakkaurashchi birinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi.

61,2 kg vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Avliyoxon Hamidov braziliyalik Luiz Filyo bilan jang o‘tkazdi. Uch raund davom etgan bahsda Hamidov ochkolar hisobida raqibidan ustun keldi. Hakamlar bir ovozdan Avliyoxonni g‘olib deb topdi.

Yana bir o‘zbekistonlik sportchi Jahongir Jumaev frantsiyalik Devid Som bilan bahsga kirirshdi. Unda Jumaev ilk rauddayoq Somni nokautga uchratdi.

Klodoaldo Lima (Braziliya) (69,2 kg) — Makkasharip Zaynukov (Rossiya) (70,3 kg) jangida Zaynukov nokaut bilan g‘alaba qozondi

Italo Gomes (Braziliya) (65,8 kg) — Marat Magomedov (Rossiya) (65,8 kg) jangida Magomedov ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi

Kristian Brinzan (Italiya) (76,9 kg) — Saygid Izagahmaev (Rossiya) (77,1 kg) jangida Izagahmaev ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.

Ivitsa Trussek (Xorvatiya) (70,3 kg) — Shamil Zavurov (Rossiya) (70,3 kg) jangida Zavurov nokaut bilan g‘alaba qozondi.

93 kilogammgacha bo‘lgan vazn toifasida oktagonga chiqqan o‘zbekistonlik Jamshid Rahmonaliev Surinam vakili Klayd Brunsvik bilan jang olib bordi. Dastlabki raundni Rahmonaliev ustunlikka erishgan holda yakunlagandi. Biroq ikkinchi besh daqiqalik boshida Brunsvik kuchli zarba bilan Jamshidni nokautga uchratdi.

90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi O‘zbekiston vakili Nursulton Ro‘ziboev ukrainalik Artyom Shokaloga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Ikki raundda Ro‘ziboev ustunlikka ega bo‘ldi. Uchinchi raund avvalida ukrainalik yakkakurashchining murabbiylari jangni to‘xtatishni so‘radi. Natijada Nursulton texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

Super og‘ir vazn toifasida oktagonga chiqqan O‘zbekiston vakili Amin Ergashev belaruslik Sergey Alekseevichga qarshi bahs olib bordi. Birinchi raundning 11-soniyasida Ergashev kuchli zarba qabul qilib oldi va hakam nokaut qayd etgan holda jangni to‘xtatdi.

Og‘ir vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Muzaffar Rajabov tunislik Aladin Ben Halimaga qarshi jang olib bordi. Buxorolik tajribali sportchi bahsning 50-soniyasidayoq og‘ritish usulini qo‘llab, raqibini taslim etdi.

Musobaqaning asosiy jangida rossiyalik Umar Nurmagomedov argentinalik Brayan Gonsalesga qarshi bahs olib bordi. Umar birinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab, raqibini taslim etdi va GFC kamarini himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!